Qashqadaryoda ilgʻor muhandislik maktabi ochildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 20-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalarida “Ilgʻor muhandislik maktablari” tashkil etish boʻyicha vazifalar berilgan edi.
Shundan kelib chiqqan holda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamkorligida “Gaz-kimyo va energetika” ilgʻor muhandislik maktabi ochildi.



Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi hududida joylashgan muhandislik maktabining zamonaviy oʻquv binosidagi 4 ta amaliy mashgʻulotlar xonasi, axborot-resurs markazi, zavoddagi markaziy laboratoriya, elektr taʼminoti sexi, elektrotexnika laboratoriyasi, metrologiya xizmati qiyoslash laboratoriyasi hamda atrof-muhit muhofazasi xizmati eko-analitik laboratoriyasi taʼlim oluvchilar ixtiyorida. Ular ikki yil davomida neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, elektr taʼminoti va kimyoviy texnologiya mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlanadi.

2024-2025 oʻquv yilining oʻzida 24 nafar magistr, 6 nafar yosh olim va doktorant tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, korxonaning ilmiy texnologik muammolari boʻyicha jami 3 milliard soʻmlik 3 ta ilmiy loyiha bajarilishi rejalashtirilgan. 2025-2026-yillarda esa 20 dan ortiq magistrlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinadi, 2 ta innovatsion ishlanma ishlab chiqarishga joriy etiladi. Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti olimlari hammuallifligida 2 ta ilmiy ixtiroga talabnoma topshiriladi. 10 dan ortiq mavzularda ilmiy texnologik muammolarning muhandislik yechimlari ishlab chiqiladi.

— Biz bu yerda birinchi navbatda magistrlardan iborat guruhni shakllantirdik, — deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Bozorov. — Ular ishtirokida institut va korxona mutaxassislari tomonidan dual taʼlim asoslari yoʻlga qoʻyiladi, zamonaviy laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi iqtidorli yoshlarning va yosh olimlarning oʻz salohiyatini yanada keng namoyon etishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlarini izchil amalga oshirishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring