Putin rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat "eng og‘ir demografik muammolarga" duch kelayotganini aytdi. Ularni yengib o‘tish uchun rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.
The Moscow Times xabariga ko‘ra, Putin bu haqda Butunjahon rus xalqi qurultoyida maʼlum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar "ko‘p bolali oilalar anʼanasini jonlantirishi" kerak.
Putinning taʼkidlashicha, Rossiyaning ko‘plab xalqlari "to‘rt, besh yoki undan ortiq bola tarbiyalanadigan kuchli, ko‘p avlodli oila anʼanalarini saqlab qolgan". Avvallari rus oilalarida yetti-sakkiz nafar farzand bo‘lgan, agar ko‘p bo‘lmasa.
"Keling, bu ajoyib anʼanalarni asrab-avaylaylik va tiklaylik. Ko‘p bolali va katta oilali bo‘lish Rossiyadagi barcha xalqlar uchun odatdagi hol, turmush tarziga aylanishi kerak", — dedi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari mamlakatdagi demografik muammolarini faqat pul, nafaqa, ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar yordamida hal qilish "mumkin emasligini" taʼkidladi.
Rosstat maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisi 2018 yildan beri kamayib bormoqda. 2022 yilda u 533 ming kishiga kamaygan va 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 146,5 million kishini tashkil etdi.
Oliy Iqtisodiyot maktabi qoshidagi Demografiya instituti mutaxassislari Valeriy Yumaguzin va Mariya Vinnik o‘tgan yozda qilgan prognozlariga ko‘ra, Rossiya aholisining qisqarishi davom etadi va 2070-yillarning o‘rtalariga borib, 131 million kishiga tushadi. Asr oxiriga borib esa atigi 137,5 million kishi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring