PSJ UEFA Superkubogi sohibi boʻldi
Kecha, 13-avgust kuni Italiyaning Udine shahridagi “Dacia arena” stadionida UEFA Superkubogi uchun oʻyin tashkil etildi.
Unda Yevropa chempionlar ligasining amaldagi chempioni boʻlgan PSJ jamoasi Yevropa ligasi musobaqasi gʻolibi — “Tottenhem” klubi bilan kuch sinashdi.
Oʻyinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarni “Tottenhem”dan Van de Ven va Kristian Romero kiritgan boʻlsa, PSJning javob gollariga Kan In Li va Gonsalo Ramos mualliflik qildi.
Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, gʻolib nomi penaltilar seriyasi orqali aniqlanadigan boʻldi. Futbol lotareyasida esa omad “parijliklar”ga kulib boqdi.
Seriyada 4:3 hisobi qayd etildi. PSJdan Vitinyo penaltidan foydalana olmagan boʻlsa, London jamoasidan Van de Ven va Metyus Tel zarbada adashdi.
Shu tariqa PSJ oʻz tarixida birinchi marta Yevropa Superkubogiga ega chiqdi. Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb Usmon Dembele topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring