Prezidentlar poytaxtimizdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar.
Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar boʻlgan 16 ta ishlab chiqarish quvvati joylashgan. Bu yil logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ularning nazoratida ishlab chiqariladi, ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega. Ular 10 ta davlatga eksport qilinmoqda.
Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari kooperatsiyasini kengaytirish, oʻzaro tajriba almashish, ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilish muhimligini taʼkidladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring