Prezident sovgʻalari Namanganga yetib keldi
Yangi yil bayrami, avvalo, bolajonlar uchun eng kutilgan va quvonchli ayyom hisoblanadi. Archa atrofidagi bayram tomoshalari, Qorbobo va Qorqiz bilan uchrashuv, ayniqsa, bayram sovgʻalari bolalar qalbida unutilmas taassurotlar qoldiradi.
— Anʼanaga aylangan Prezident sovgʻalari bolajonlar bayramiga yanada mazmun bagʻishlaydi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi masʼul xodimi Zulayho Zayniddinova. — Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi yil munosabati bilan tayyorlangan bayram sovgʻalari kecha viloyatimizga ham yetib keldi. Bu sovgʻalar nafaqat bayramona tuhfa, balki bolalikning yorqin xotiralari, begʻubor orzu-umidlar va cheksiz quvonch ramzidir. Ularni yaqin kunlarda Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tashkil etiladigan “Prezident archasi” tantanalarida oʻz egalariga topshirish rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 24 turdagi oʻquv qurollari hamda 34 xil shirinlikdan iborat 632 dona Prezident sovgʻalari viloyatdagi goʻdaklar uylari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, Vatan tinchligi yoʻlida halok boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga taqdim etiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring