Prezident saylovini oʻtkazishda koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha Yoʻriqnoma tasdiqlandi

Bu haqda Markaziy saylov komissiyami axborot xizmati maʼlum qildi. Yoʻriqnomaga muvofiq:
● Saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi aʼzolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va OAV vakillari: haroratni oʻlchash uchun termometr, pirometr; himoya niqobi; bir martalik tibbiy qoʻlqop (saylov komissiyasi aʼzolari uchun); antiseptik suyuqlik (sanitayzer) kabi himoya va profilaktika vositalaridan foydalanishlari talab etiladi.
● Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqobidan foydalanishi; qoʻl berib salomlashish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktga kirishishning boshqa shakllaridan saqlanishi; ijtimoiy masofaga rioya qilishi lozim. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5–2 metr oraliq masofani belgilovchi hamda harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatuvchi chiziqlar boʻlishi lozim.
● Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini oʻlchaydi, antiseptik vosita bilan qoʻllarini dezinfeksiya qiladi va himoya niqobida boʻlishini nazorat qiladi, zaruratiga koʻra himoya niqobi beradi.
● Uchastka saylov komissiyalari aʼzolari ish faoliyatini amalga oshirishida shaxsiy himoya vositalari (himoya niqobi, antiseptik vositalar)dan foydalanishlari shart.
● Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari dezinfeksiya qilinadi.
● Saylov uchastkasi “qizil” yoki “sariq” hududga toʻgʻri kelgan taqdirda komissiya aʼzolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Unga koʻra, taalluqliligi boʻyicha: maxsus kombinezon, xalat; nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob; koʻrish aʼzolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob; qoʻllarni himoya qilish uchun — tibbiy qoʻlqop; qoʻl va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt boʻlgan mahsulotlar.
● Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 37°S va undan yuqori boʻlgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bunda, tana harorati 37°S va undan yuqori boʻlgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida koʻchma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring