Prezident bilan AQShda muloqotda bo’lgan taniqli doktor O’zbekistonga keldi
O’tgan yil 20 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkda Amerika Qo’shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan uchrashgandi.
O’shanda davlatimiz rahbari ularni O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarga daxldor bo’lish, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo’naltirishga da’vat etgan bo’lsa, vatandoshlarimiz esa Prezidentimiz bilan uchrashish o’zlari uchun ulkan sharaf ekanini, bunday e’tibordan boshlari osmonga etganini ta’kidlagandi.
Ushbu samimiy muloqotda asli o’zbekistonlik, ayni paytda AQSh Sog’liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimi bo’lib ishlab kelayotgan taniqli mutaxassis Amir Mahmudov ham ishtirok etgan edi.
U Prezidentimizning da’vatlariga “labbay” deb javob berib, shu kunlarda yurtimizga tashrif buyurdi.
Safar chog’ida taniqli tibbiyot eksperti ishtirokida tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar, talabalar uchun mahorat maktablari tashkil etish rejalashtirilgan.
Xususan, ertaga Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida doktor Amir Mahmudov tomonidan “AQSh fiziologiya va sog’likni saqlash tizimida innovatsion g’oyalar” mavzusida bo’lajak mutaxassislar uchun mahorat maktabi o’tkaziladi.
Bunday muloqotlar yoshlarning zamonaviy tibbiyotning eng oxirgi yutuqlari, nazariya va amaliyot uyg’unligidagi so’nggi tendentsiyalar haqida yaqindan boxabar bo’lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring