Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi
arxiv surat
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna va qorako‘l hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar 18-xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, “Xalq banki” hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilishida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi o‘rinbosari Mirsaid Zohidov va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar mas’ullari so‘zga chiqib, mazkur tadbir charm sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari uchun muhim platformaga aylanishini qayd etdi.
Ta’kidlanganidek, “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” ko‘rgazmasi nafaqat mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi, balki eksport va investitsiyalarning o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi o‘rinbosari Mirsaid Zohidovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, investitsiyalar oqimini kengaytirish, charm sanoatiga qator xorijiy yirik investitsiya loyihalarini jalb qilish va xalqaro brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida V2V, G2B, G2G formatidagi muzokaralar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan ishlab chiqaruvchilarning yangi mahsulotlari va innovatsiyalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilyapti.
Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring