Parkentda mingta kitob taqdimoti
Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Yozgi taʼtil davrida maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning isteʼdodini yuzaga chiqarish uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar maʼrifiy va musiqiy anjumanga aylanib bormoqda. Parkent tumani Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan kitob taqdimoti ham ana shunday fayzli davra boʻldi.
Unda soʻzga chiqqanlar kutubxonaga taqdim qilingan yangi badiiy adabiyotlarning yoshlar hayoti va kamolotidagi oʻrni haqida fikr bildirdi.

— Mashhur yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter” nomli turkum kitoblari dunyoning koʻplab tillari qatori ona tilimizga ham tarjima qilingan. “Garri Potter va afsonaviy tosh” romani Buyuk Britaniyaning barcha bolalari uchun oʻqilishi shart boʻlgan eng yaxshi oʻnta kitob roʻyxatiga kiritilganini oʻqituvchimizdan eshitgan edik. Maktabimiz yaqinidagi kutubxonaga koʻplab kitoblar qatori bu kitobning ham yetib kelgani bizni quvontirdi, — deydi Choʻqqayma mahallasidagi 39-maktab oʻquvchisi Yasmina Ismoilova.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh kitobxonlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma yakunlari maʼlum qilindi va ularning takliflari asosida kutubxona fondiga qoʻshilgan 254 nomdagi 1 ming 220 nusxada kitoblar tanishtirildi.

Taqdimotning badiiy qismida 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan sheʼrlar oʻqilib, raqslar ijro etildi. Tadbirning faol qatnashchilariga kitoblar sovgʻa qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring