Paxta hosildorligi 70 sentnerdan oshmoqda
Joriy yilda Sirdaryo tumanidagi “Omonboy oʻgʻli Tugal” fermer xoʻjaligida paxta hosildorligi 70 sentnerni tashkil qildi. Ushbu natijaga Xitoy texnologiyasi asosida “XinLuZao-57” navli gʻoʻzani qoʻshqator usulda oʻstirish orqali erishildi.
— Gʻoʻzani qoʻshqator usulda parvarishlashning afzalliklari koʻp ekan, – deydi fermer xoʻjaligi rahbari Esonboy Qoʻziboyev. — Ayni usul tufayli paxtachilik boʻyicha yigirma yillik faoliyatim davomida har yili gektaridan 40-45 sentnerdan hosil olingan yerimizdan ilk bor 70 sentnerdan xirmon koʻtardik.

Maʼlumot uchun: joriy yilda viloyat boʻyicha 73 ming gektar paxta maydonining 65 ming gektariga paxtaning xorijiy navlari ekildi. Xitoyning “XinLuZao”, “Zhongtaj”, “Tian Yu” kabi gʻoʻza navlaridan iborat qoʻshqatorli paxtazorlar esa 23 ming gektarni tashkil qildi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan media-turda maʼlum qilinishicha, ayni paxta maydonlarining har gektaridan 60-70 sentnerdan hosil olinmoqda.
Ahmadali ShERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring