Oʻzboshimchalik qimmatga tushdi

17:43 15 Yanvar 2025 Jamiyat
303 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Daraxtning katta-kichigi boʻlmaydi. Siz suratda koʻrib turgan oʻsimlikning nobud qilinishi ortidan 10 million soʻmdan ortiq jarima qoʻllanildi.

Gap shundaki, Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga Termiz shahridagi Guliston mahallasining yoʻl chetidagi tut daraxti kesib ketilgani haqida murojaat kelib tushdi. Viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻrganish ishlari olib borilganda shu mahallada yashovchi fuqaro A.D. yoʻl chetidagi oʻsuvchanligini yoʻqotmagan bir tup tut daraxtini tag qismidan kesganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 25 barobari — 9 million 375 ming soʻm maʼmuriy jarima hamda tabiatga yetkazilgan 750 ming soʻm zarar hisoblandi.

Oʻzboshimchalik fuqaroga qimmatga tushdi. Daraxtlarni kesishdan saqlaning, uning jarimasi “chaqadi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?