O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,7 mlrd dollargacha o‘sdi

18:14 27 Iyun 2018 Iqtisodiyot
3369 0

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,5 mlrd dollardan 14,7 mlrd dollargacha oshdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan.
Qarzdorlikning asosiy o‘sishi davlat sektoriga to‘g‘ri keladi, u yerda kurs o‘zgarishlarini hisobga olgan holda davlat qarzlari o‘sishi 329 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu yerda bosh kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kreditlar hisobga olinmagan.

Davlat tashqi qarzlari summasining qoldig‘i 7,6 mlrd dollardan 7,9 mlrd dollargacha oshgan.

Xususiy tashqi qarz bo‘yicha majburiyatlarning o‘sishi bank sektorida (70 mln dollar) va nobank moliya muassasalari (3 mln dollar) sektorida kuzatildi.

Kompaniyalarning xususiy tashqi qarzlari miqdori asosiy qarzdorlik va foizlar bo‘yicha qarzni qoplash hisobiga 222 million dollarga kamaydi. Natijada, xususiy tashqi qarz bo‘yicha qarzdorlik 6,3 milliard dollardan 6 milliard dollarga pasaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?