O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Gʻayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Gʻayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
1996 yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Yevropa davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatimizning Fransiya, va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021 yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan.
Diplomat fransuz va ingliz tillarini biladi.
Gʻayrat Fozilov 2017–2023 yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o‘rniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring