Oʻzbekiston Respublikasining Qurol toʻgʻrisidagi Qonuni imzolandi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasining Qurol toʻgʻrisidagi Qonuni imzolandi (OʻRQ–550-son, 29.07.2019-y.).
Qonunga koʻra qurolning quyidagi turlari farqlandi:
- fuqaroviy qurol;
- xizmat quroli;
- jangovar qurol.
Fuqaroviy qurol jumlasiga ov, sport va oʻzini oʻzi himoya qilish qurollari kiradi.
Quyidagilar oʻzini oʻzi himoya qilish quroli hisoblanadi:
- gazli qurol – koʻzdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan toʻldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;
- elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.
Jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (gʻilofsiz) olib yurish taqiqlanadi.
18 yoshga toʻlgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini, 21 yoshga toʻlgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini olish huquqiga ega.
Milliy gvardiya organlari tomonidan beriladigan 3 oylik ruxsatnomalar asosida fuqaroviy va xizmat quroli olinishi mumkin.
Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning oʻq-dorilarini olib yurish va qoʻllash huquqini bermaydi.
Qurolni olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning oʻq-dorilarini olib yurish va qoʻllash huquqini bermaydi.
Ruxsatnoma olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi boʻyicha Milliy gvardiya organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
- ariza;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);
- quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oid bilimi tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
- qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
- yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
- ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);
- ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli ov oʻqotar qurolini, shuningdek ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
- otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun).
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring