Oʻzbekiston Prezidenti Moskvadagi Aleksandr bogʻida gul qoʻydi

15:39 06 Oktyabr 2023 Siyosat
420 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif dasturining ikkinchi kunida Moskva shahrining Aleksandr bogʻidagi Nomaʼlum askar qabriga gul qoʻydi.

Kreml devorlari yonida joylashgan ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasida mardlarcha jang qilgan va halok boʻlgan millionlab askarlar xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan, ajdodlarimiz jasorati va matonati ramzidir.

Oʻzbekiston Prezidenti yodgorlikka gulchambar qoʻyib, insoniyatning tinch kelajagi yoʻlida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?