Oʻzbekiston — Yevropa ittifoqi: hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Terxi Xakala va Yevropa ittifoqining inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili Imon Gilmor bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida delegatsiya aʼzolariga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar hamda Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida soʻzlab berildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, qonun loyihasini ishlab chiqishda parlament aʼzolaridan tashqari keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlar va ilmiy doira vakillari, ziyolilar faol ishtirok etgani taʼkidlandi.
Yevropa ittifoqining inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili I.Gilmor soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida soʻz yuritarkan, jumladan, bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasidagi yutuqlarini yuqori baholab, yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan normalar aks ettirilayotganini alohida qayd etdi.
Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarda aholiga eng asosiy eʼtibor berilgani, diqqat markazida inson turgani, aholining kundalik turmushi va ehtiyojlari inobatga olinganini olqishladi.
Ayniqsa, oʻlim jazosi taqiqlanishini konstitutsiyaviy darajada belgilanayotganini yuqori baholadi. Delegatsiya aʼzolarining fikricha, ushbu norma bilan davlatimiz bu oʻta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligini, insonparvarlik gʻoyalariga sodiq ekanligini butun dunyoga namoyon qiladi.
Uchrashuv davomida mehmonlar mamlakatimizda gender tenglikni, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham batafsil tanishtirildi. Oʻz navbatida, delegatsiya aʼzolari mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilinar ekan, soʻnggi yillarda Yevropa ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar kengayib, siyosiy sohadagi muloqotlar faollashganini alohida qayd etildi. Shuningdek, kelgusida inson huquqlari boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga alohida urgʻu berildi.
Muloqot yakunida tomonlar oʻzaro aloqalarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring