OTMlar hamkorligi istiqbollari

15:28 10 Mart 2026 Jamiyat
222 0

Navoiy davlat universiteti hamda Al-Forobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda ikki universitet oʻrtasidagi ilmiy-taʼlimiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

  • Uchrashuvda bir qator muhim yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashildi, deydi Navoiy davlat universiteti rektori v.b. Muhiddin Kalonov, — Xususan, talabalar almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini va qozoq tili yoʻnalishida 1+1 qoʻshma magistratura taʼlim dasturini hamda ikki universitet olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etish, qoʻshma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

Tomonlar ushbu yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash va tizimli ravishda rivojlantirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishdilar.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Al-Forobiy universiteti QS World University Rankings xalqaro reytingida 166-oʻrinni egallab, Qozogʻistonning eng yuqori reytingga ega taʼlim muassasasi sifatida eʼtirof etiladi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?