Oʻquvchilar maktabni hunarli boʻlib bitirmoqda

13:14 19 Noyabr 2024 Jamiyat
273 0

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyati maktablarida har yili koʻplab bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi shahodatnoma bilan birga qaysidir hunarni oʻrgangan holda qadrdon maskanlari bilan xayrlashmoqda.

Yangiyer shahridagi 7-maktab bu borada hududdagi eng namunali taʼlim muassasalari sirasiga kiradi. Ushbu maktabda bir necha hunarlarni, xususan, tikish-bichish yoki pazandalikni mukammal oʻrganish mumkin.

Bundan tashqari, oʻquvchilarga informatika va axborot texnologiyalari, robototexnika yuzasidan ham qoʻshimcha saboqlar berilmoqda. Texnologiya fani boʻyicha oʻrgatilayotgan hunarlar qatorida payvandlash, duradgorlik, naqqoshlik va hunarmandchilik hamda ustachilikning boshqa koʻplab turlari bor.

— Oʻquvchilarning umumtaʼlim muassasalarida chuqur bilim olishi barobarida biryoʻla biror hunarni ham egallashi ularning mustaqil hayotlarida katta samara beryapti, — deydi Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Odil Gaymnazarov. — Hozirda oʻquvchilarga 8 ta kasb-hunar oʻrgatilmoqda. Yuqori, yaʼni 10-11-sinflardagi “Kasbiy taʼlim“ fani saboqlarida amaliy mashgʻulotlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu fanning joriy etilishi tufayli bitiruvchilarimizga oʻrgangan kasb-hunarlariga oid sertifikat berilayotir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?