Onkodermatologiyada innovatsion tizim yaratilmoqda
Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi Turkiyadagi “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Aytish joizki, soʻnggi yillarda dunyoda ishlab chiqarishning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi, atrof-muhit va ekologik zararli omillar, shu bilan bir qatorda, nosogʻlom turmush tarzi taʼsirida inson immun tizimi faoliyatining susayishi oqibatida turli teri kasalliklari, jumladan, teri saratoni koʻpayib bormoqda. Bunday kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolashga yoʻnaltirilgan innovatsion texnologiyalarni yaratishjahon tibbiyotining dolzarb vazifasiga aylanmoqda.
Mamlakatimizda ham aholiga dermatovenerologiya va dermatoonkologiya sohasida zamonaviy tibbiy yordam koʻrsatish uchun oʻziga xos infratuzilma yaratilgan. Bu boradagi ilmiy-amaliy loyihalarni yanada kengaytirish tibbiyot oldidagi muhim vazifadir. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyotning turli yoʻnalishlari, jumladan dermatoonkologiya sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi bu borada Turkiyadagi eng nufuzli “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi tibbiyot rivojida muhim qadam boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi oʻz yoʻnalishi boʻyicha yetakchi tibbiy-ilmiy muassasadir. Ushbu klinikada yiliga 20 ming nafar bemorga ambulator, 2 ming nafardan ziyod bemorga statsionar tibbiy yordam koʻrsatiladi. Mazkur tibbiyot muassasasi keyingi yillarda mamlakatimizdagi yetakchi ilm-fan muassasalari qatorida xorijdagi nufuzli klinikalar bilan ilmiy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Hozirgi kunda bu yoʻnalishda Rossiyadagi bir qator ilmiy markazlar bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Turkiyaning “Neolayf” onkologiya markazi bilan hamkorlik doirasida onkodermatologiya yoʻnalishida tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish, jahon tibbiyotining bu sohasidagi yangiliklarini mamlakatimiz tibbiyotiga tatbiq etish yuzasidan qator loyihalarni amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar yurtimizda onkodermatologiya sohasini rivojlantirish, bunday kasalliklarning oldini olish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, diagnostika va davolash ishlarini yangi bosqichga koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring