“Onalar bogʻi” mehr-oqibat bogʻiga aylanadi
Foto: “Xalq soʻzi”
Yurtimizda bundan ikki yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida ham izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotir.
Oʻtgan davr ichida xayrli ish doirasida 2,6 million tupdan ortiq koʻchatlar oʻtqazilib, koʻkartirib olingani buning yaqqol tasdigʻidir. Ayni harakat natijasida “Shohidon nurli diyor” massivida tashkil etilgan 5 gektarlik “Yashil bogʻ”, bir qator mahallalarda barpo etilgan “Yashil jamoat parklari”, “Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi” hududidagi 2 gektarlik “Yashil belbogʻ” va boshqa maskanlarda oʻtqazilgan mevali va manzarali koʻchatlar barq urib, koʻzlarni quvontirmoqda.

Toʻraqoʻrgʻonliklar umummilliy loyihaning joriy yil kuzgi mavsumiga ham uyushqoqlik bilan kirishishdi. Joylarda oʻtqazilishi rejalashtirilgan 580 ming tup koʻchatning 248,5 ming tupi belgilangan maydonlardan oʻrin oldi. Kuni kecha yana biri xayrli yumushga qoʻl urilib, bu yerda “Onalar bogʻi”ga asos solindi. Uning tashkil etilishida tumandagi 50 dan ortiq tashkilot va muassasalarda rahbarlik lavozimida ishlayotgan xotin-qizlar jamlanib, 250 tupdan koʻproq mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

— Bugun yangi bogʻga mehr bilan nihollar ekdik, — deydi faxriy paxtakor, Oʻzbekiston Qahramoni Xalchaxon aya Mirzayeva. — Bu joy hademay koʻpchilik havas qiladigan diltortar maskanga aylanadi. Unda yashnab oʻsadigan daraxtlar mevasi dasturxonimizni toʻldirsa, tabiiy iqlim va toza havo atrof-muhit musaffoligiga xizmat qiladi, albatta.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring