Ona tilim — sen ruhimning qanotisan

19:23 20 Oktyabr 2023 Jamiyat
352 0

Joriy yilning 20-oktabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 68-sonli maktabda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — sen ruhimning qanotisan” nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda maktab oʻqituvchi hamda oʻquvchilari ishtirok etdi. Tadbirni ochib berish avvalida maktab direktori N. Djapbarov Oʻzbek tilining davlat tili maqomiga koʻtarilishi oson boʻlmagani, yillar silsilasidan omon oʻtgan tilimizni kelajak avlodga butunicha yetkazib berish burchimiz ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

— Ona tilimizning bizgacha yetib kelishida ancha odamning hissasi bor, — dedi shu maktabning MMIBDOʻ Nigora Hamzayeva. — Tilimizni asrab-avaylash uchun barchamiz harakat qilishimiz lozim. Hozirgi kunda oʻzbek tiliga boshqa tillardagi soʻzlarni qoʻshib gapirish yoki tilning sofligini faol ravishda buzish holatlari koʻp uchramoqda. Koʻp tilni bilish yaxshi, lekin oʻz tilini qurbon qilish evaziga emas.

Shuningdek, kuy-qoʻshiq, sheʼr hamda raqsga ulanib ketgan kecha fayzli oʻtdi. Oʻquvchilar tomonidan taqdim etilgan til haqidagi turli videoroliklar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan oʻquvchilar taqdirlanib, maktab rahbariyati tomonidan tadbirni tashkillashtirishdagi faol tashabbusi hamda koʻmagi uchun ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Guliston Joʻrayeva, Dilafroʻz Sayfutdinova, Durdona Saimnazarova, Dilfuza Mamayunusova, Munira Norqoʻziyeva hamda Feruza Bekkuziyevaga minnatdorlik bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?