Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
“Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–279-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.
Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.
Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi (“GeoMetTex”) tashkil etiladi.
Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.
“GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring