Olimlar OIV infeksiyasini davolashning yangi usulini topdi
Foto: Illustrativ surat
Yaqinda Rossiya olimlari tomonidan kashf etilgan yangi muolaja usuli bemorlarning OIV infeksiyasi asoratlaridan deyarli toʻliq xalos boʻlishiga xizmat qilishi mumkin.
Mazkur davo chorasi maxsus oqsillardan foydalanishga asoslangan. Ular bemor organizmidagi immunitet hujayralari funksiyalarini tiklashga yordam beradi. Oʻz navbatida, OIV kasalligiga qarshi kurashuvchi antitanalarni quvvatlantiradi.
Natijada organizm ichki imkoniyatini ishga solib, virusni siqib chiqarishga kirishadi. Yakunda tanada OIV infeksiyasi miqdori kamayib, uning salomatlik uchun zararli taʼsiri keskin pasayadi.
Eslatib oʻtamiz, JSST maʼlumotlariga koʻra, dunyoda har yili qariyb 2 million kishi ushbu xavfli xastalikka chalinmoqda. Hozir sayyoramiz boʻyicha OIV tashxisi bilan roʻyxatga olingan bemorlar soni 38,4 million nafardan oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring