Ohangaronda tomorqada kivi yetishtirilmoqda

13:04 16 Aprel 2020 Jamiyat
1023 0

Ohangaronda uy sharoitida kivi yetishtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Ohangaron shahridagi “Xonobod” mahallasida Samijon Xoliqulov va Ortiqboy Ergashev tomorqasidan unumli foydalanayotgan tadbirkor oila boshliqlaridan.

Samijon aka tomorqasini yashnatib, qulupnayzor barpo etgan boʻlsa, Ortiqboy akaning xonadonidagi malina, qoragʻat oʻsimliklarini koʻrib, koʻzingiz quvonadi. Xonadon sohibining qiziqishini qarangki, bu yerda hatto kivi daraxtiniyam uchratasiz.

Mahalladagi koʻpgina xonadonlarda tomorqadan 3 marotabagacha hosil olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?