Obod boʻlayotgan “Gulbogʻ”
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirdi.
Navbatdagi manzil poytaxtning Bektemir tumani “Gulbogʻ” mahallasi boʻldi. Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari xonadonbay yurib, aholi muammolarini oʻrganish va hal etish ishlarini amalga oshrdi.
Ishchi guruhlar tomonidan “Gulbogʻ” mahallasidagi 554 ta xonadonlar uyma-uy yurib oʻrganildi, natijada 128 ta xonadonda yashovchi 197 nafar fuqarolarning murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, sogʻliqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni taʼmirlash va boshqa masalalar boʻyicha muammolari hal etildi.
Jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1,7 km ichki yoʻllar asfalt qilindi. Elektr taʼminoti boʻyicha 88 ta yangi temir-beton ustunlari oʻrnatildi, 2 ta transformator punkti taʼmirlandi va 1 ta transformator punkti yangi oʻrnatildi, 3 km SIP kabellar tortildi. Gaz taʼminoti yaxshilash uchun 4 800 pogona metr gaz quvurlari va tirgaklari taʼmirlandi, 4 ta yuqori bosimli, 7 ta oʻrta bosimli gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 12,9 km quvurlar tortish ishlari yakunlanmoqda, natijada 532 dan ortiq xonadon ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlanadi.
Bundan tashqari aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida mahalladagi 420 ta xonadonning tashqi fasadlarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shundan bugungi kunda 210 ta xonadonning devori suvoq qilindi, boʻyaldi. Mahallaning kirish qismiga mahalla nomini bildiruvchi belgi ustuni oʻrnatish, mahallada sayilgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish ishlari davom etmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, uyma-uy oʻrganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanish uchun bepul yoʻllanma berildi, 347 nafariga zarur dori-darmon toʻplamlari berildi.
“Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan 4 ta oilaga jami 17,0 mln.soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatildi. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 74 nafar xotin-qizlarga jami 97,7 mln.soʻm miqdorida moddiy yordam berildi. “Yoshlar daftari” mezoni talablari asosida 8 nafar yoshlar roʻyxatga olindi hamda 3 nafar yoshga kontrakt toʻlovi va 1 nafariga moddiy yordam uchun jami 45,4 mln.soʻm toʻlanib daftardan chiqarildi.
“Gulbogʻ” MFYda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” tadbiri doirasida jami 74 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Jumladan, 19 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 17 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilindi hamda 15 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitishga yoʻnaltirildi, 23 nafar fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
Mahalladagi oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 8 nafar fuqaroga 66,0 mln.soʻm miqdorida subsidiya asosida maishiy texnika vositalari olib berildi hamda 7 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun 129,0 mln.soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Respublika ishchi guruhining “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlarini joylarda tadbiq etish boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring