Nukusda kislorod stansiyasi ochildi
Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi “Ezgu amal” jamoat xayriya fondi tashabbusi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Oʻzbekiston bilan birdamlik” loyihasi doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filialida umumiy bahosi 55 162 AQSH dollarlik yangi kislorod stansiyasi ishga tushirildi.
- Oldinlari filialga kislorod ballonlari boshqa joylardan olib kelinar va bu bir qancha mablagʻ va vaqtni talab qilar edi, - deydi filial direktori Salamat Begaliyev. - Endilikda, filial kislorod bilan uzliksiz taʼminlanadi. Shuningdek, favqulodda holatlarda kislorod taʼminotining uzilib qolmasligini kafolatlaydi. Sababi, maxsus ballonlar avtomat tarzda filialning oʻzida kislorod bilan taʼminlanadi.
Kislorod stansiyasining tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar tomonidan bu kabi loyihalar asosida Orolboʻyi aholisi salomatligini saqlash borasidagi ezgu ishlar alohida eʼtirof qilindi. Shuningdek, ushbu kislorod stansiyasining mazkur filialda ochilishining ahamiyati haqida ham toʻxtalib, loyiha ijrochilariga minnatdorlik bildirildi.
Maʼlumot uchun “Oʻzbekiston bilan birdamlik” loyihasi faollari Marinika Babanazarova va Sherzod Kenjebayevlar tomonidan kislorod stansiyasi uchun Oʻzbekiston va chet eldagi yurtdoshlarimizdan xayriya mablagʻlari yigʻilgan. Mazkur kislorod stansiyasini oʻrnatish va qurilish rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan 309 million soʻmdan ortiqroq mablagʻ ajratilgan.
Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring