Navoiyda uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqariladi
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Navoiyda fuqaro aviatsiyasiga moʻljallangan boshqariladigan va uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi AJ hamda Rossiyaning “Birinchi tajriba-konstruktorlik byurosi” MCHJ oʻrtasida umumiy qiymati 30 million dollarga teng SP–30 loyihasini amalga oshirish yuzasidan memorandum imzolandi. Loyiha uch yilda toʻliq amalga oshiriladi. Dastlabki mahsulot — ikki oʻrinli, toʻliq metall konstruksiyali samolyot — 2025-yil oktyabrida tayyor boʻlishi rejalashtirilgan. Uchinchi yilga kelib, yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish moʻljallangan.

SP–30 yengil, xavfsiz va qulay boshqariladigan uchish apparati boʻlib, u 100 metrgacha boʻlgan tayyorlanmagan maydonlarga qoʻna oladi. Samolyot benzin yoqilgʻisida (AI–95) ishlaydi.
Bu loyiha amalga oshsa, Oʻzbekiston oʻz aviatsiya sanoatiga ega mamlakatlar safida munosib oʻrin egallaydi. Loyiha ichki bozor ehtiyojlarini qondirish bilan birga Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksportni yoʻlga qoʻyish imkonini ham yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring