Navoiyda 18 ming oila Ramazon tuhfasini oladi
Muborak Ramazon oyida boʻyicha mamlakatimiz rahbarining tashabbusi Navoiy viloyatida 18 mingdan ortiq ehtiyojmand oila hamda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga daxl etadi.
Karmana tumanining “Narpay” mahallasida istiqomat qiluvchi Hurriyat Poʻlatovaning oilasi shulardan biri boʻlib, sogʻligʻidagi muammolar turmush oʻrtogʻining nogironligi sababli oila davlat taʼminotiga olindi.
- Muammolarimiz kecha yoki bugunning gapi emas, — deydi H. Poʻlatova. — Ming qatla shukur, shunday kunlarga ham yetdik, oʻzlari kelib, yordam qoʻllarini choʻzishmoqda.

Kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar Poʻlatovlar xonadonida boʻlib oilaning holatini oʻrgandi. Amaliy yordamlar bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilib, Hurriyat opaga nogironlik belgilandi. Ramazon oyi munosabati bilan bir martalik moddiy yordam ajratildi. Ular yashayotgan xonadonni taʼmirlash ishlari boshlandi. Bolalar nafaqasi tayinlanib, oila bekasining bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinkasi olib berildi.
Eng muhimi oilada ertangi kunga ishonch paydo boʻldi. Albatta, qiyinchiliklar bir zumda yoʻqolmaydi. Lekin tizimli yondashuv ularni bartaraf etishga zamin hozirlaydi. Taʼkidlaganimizdek, bugun 18 ming oila shu taxlit oʻz kelajagini rejalashtirib, har bir tongni oppoq orzular bilan kutib olayotganligi shubhasiz.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring