Namanganda eng ilgʻor tarbiyachilar aniqlandi
Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan “Pedagog mahorati-millat kelajagi” shiori ostida oʻtkazilgan “Ilgʻor tarbiyachi” tanlovi yakuniy natijalari eʼlon qilindi. Uning saralash bosqichlarida 1450 nafardan ziyod murabbiyalar belgilangan tartibda test sinovlarini topshirishdi. Natijalarga koʻra, eng yuqori koʻrsatkichni qay etgan 32 nafar ishtirokchi hal qiluvchi bosqichda oʻz faoliyati haqida tayyorlagan videolavhani viloyatda nashr etiladigan “Taʼlim tahlilchisi” gazetasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirib, obunachilarning eng koʻp ovozini toʻplashi lozim edi.
- Taʼlim va tarbiya bolalar bogʻchasidan boshlanadi, — deydi tanlovda birinchi oʻrinni egallagan Chust tumanidagi 34-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi Omina Aliyeva. – Bu dargohda qoʻyiladigan poydevor eng avvalo tarbiyachining mahoratiga bogʻliq. Koʻp yillik tajriba va bilimni uygʻunlashtirgan intilishlarim tanlov gʻolibligi uchun kurashda hal qiluvchi rol oʻynaganidan xursandman.

Viloyatda birinchi bor tashkil etilgan va anʼana tusini olgan tanlovning keyingi faxrli oʻrinlarini Namangan shahri va Pop tumani vakillari Muhayyo Sherboyeva hamda Gulmira Roʻzimatovalar egallashdi. Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan uyushtirilgan bayramona marosimda tanlov gʻoliblari va tizimda faol mehnat qilayotgan qator pedagoglarga qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring