“Namangan – Guyyan” hamkorligi yangi bosqichda
Shu kunlarda Namangan viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Kecha gullar shahri bilan “qardosh hududlar” munosabatlari oʻrnatilgan Guychjou provinsiyasi markazi Guyyan shahrida savdo-iqtisodiy va investitsion forumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda “Guizhou Huayu Group” kompaniyasi koʻmagida tashkil etilgan anjumanda “Yangi Oʻzbekiston” doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar taqdim etilib, Namangan viloyatining sanoat, qishloq xoʻjaligi, logistika, energetika, qurilish materiallari, farmatsevtika va eksport salohiyati hamda investitsiyaviy imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Forum ishtirokchilari Namangan viloyatining Xitoy kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarini yuqori baholadilar.
- Forum yakunida asosiy yoʻnalishlarni qamrab olgan umumiy qiymati 1,1 milliard AQSH dollariga teng 8 ta investitsion shartnoma va kelishuvlar imzolandi, -deydi viloyat hokimining oʻrinbosari Okibjon Inomov. — Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi hududimizda yangi ish oʻrinlari yaratish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va umumiqtisodiyotni jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir ishtirokchilari “Namangan – Guyyan” formatidagi hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirish, ikki hudud oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring