Mujtabo Xomanaiy qayerda?
Quvaytning Al-Jarida gazetasiga koʻra, kichik Xomanaiy Tehronga berilgan zarbalardan soʻng davolanish uchun yashirincha Moskvaga olib ketilgan boʻlishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, operatsiya qatʼiy maxfiylik sharoitida amalga oshirilgan va Vladimir Putin shaxsan yordam taklif qilgan.
Gazeta manbalariga koʻra, Xomanaiy oliy rahbariyatning qarorgohi va idorasi joylashgan majmuaga hujum qilinganidan keyin tanasining chap tomonida jiddiy jarohat olgan. Xabarlarga koʻra, jarohat jarrohlik amaliyotini va uzoq muddatli davolanishni talab qiladi. Manbada aytilishicha, Eronda davom etayotgan zarbalar sababli buni taʼminlash qiyin boʻlgan. Shu bilan birga, ushbu maʼlumotlarning rasmiy tasdigʻi yoʻq. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu jurnalistlarning savoliga javoban Xomanaiyga “hayot sugʻurtasi”ni bermoqchi emasligini aytdi.
Avvalroq Eron ommaviy axborot vositalarida Xomanaiy nomidan qisqa murojaat eʼlon qilingan edi, ammo baʼzi manbalarda uni rahbariyatning boshqa vakillari tayyorlagan boʻlishi mumkinligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring