Muammolar oʻz yechimini topmoqda
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan tuzilgan 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi aʼzolari shu kunlarda ogʻir hudud hisoblangan Andijon viloyatining Asaka tumani hamda Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida oʻz ishini davom ettirmoqda.
Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurib, aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi masalalarni oʻrganmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni imkon qadar oʻz joyida hal etishga harakat qilinmoqda.
Jumladan, Asaka tumanining maktablarida taʼlim sifatini oshirish va zarur moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 398,5 mln. soʻmlik ishlar boshlandi. 3-sonli maktabning qoʻshimcha qurilgan binosi uchun 305 mln. soʻmlik mebel jihozlari olib kelib joylashtirildi. 7 ta maktabga kompyuter va proyektor jamlanmasi yetkazib berildi, 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotining issiqlik va tom qismini taʼmirlash maqsadida 150 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Tuman yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 28 nafar yoshlarning IT yoʻnalishidagi loyihalari uchun 100 mln. soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi.
Tumanda 53 nafar tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarga faoliyatini boshlashi uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish va issiqxona qurish uchun 1 mlrd. 18 mln. soʻmlik subsidiyalar ajratildi.
Fargʻona viloyati Beshariq tumanida ham shunday хayrli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 15 ta mahallada 13 km ichki yoʻllar taʼmirlandi. Shundan, 11,1 km tuproq yoʻllar shagʻallashtirildi, 2 km yoʻlga asfalt yotqizildi. “Qoraqoʻyli”, “Adolat” mahallalarida 2 km yoʻllar asfaltlashtirildi.
Aholi talabidan kelib chiqib, 13 949 dona gaz ballon almashtirildi. 196 nafar isteʼmolchiga yangi gaz ballonlar yetkazildi. 165 ta gaz taqsimlash punktlari, 157 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 6 km tarmoq tortildi, 214 dona temir-beton ustunlar, 2 ta transformator oʻrnatildi. “Yuqori Zarqaynar” mahallasida 52 dona, “Yangi qoʻrgʻon” mahallasida 31 dona temir-beton ustunlar, “Chorbogʻturongʻi” mahallasida 40 dona temir-beton ustunlar oʻrnatildi, “Shoberdi” mahallasida 1,0 km “Pastki Yangiqoʻrgʻon” mahallasida 2,5 km tarmoq tortildi.
Tadbir boshidan 982 tonna koʻmir mahsuloti olib kelindi va mahallalarga tarqatildi.
Umuman olganda, Andijon viloyati Asaka tumanining 77 ta mahallada 15 985 ta xonadon, 84 ta ijtimoiy soha obyektlari oʻrganildi. Uyma-uy yurish davomida jami 6 566 ta muammo aniqlandi. Ularning 884 tasi (14%) joyida hal etildi. Fargʻona viloyati Beshariq tumanining 62 ta mahallada 27 720 ta xonadon, 260 ta ijtimoiy soha obyektlari oʻrganildi. Uyma-uy yurish davomida jami 8 031 ta muammo aniqlanib, 3 644 tasi (43%) joyida hal etildi. Qolgan masalalarni hal etish uchun esa amaliy chora-tadbirlar dasturi tuzilib, yechimi boʻyicha manzilli tadbirlar rejalashtirib olindi.
Ishlar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring