Moskvaga majburan qoʻngan UzAirways samolyotida bomba borligi haqidagi xabar yolgʻon boʻlib chiqdi
Foto: Illustrativ foto
“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar berishicha, 2022-yil 11-aprel kuni Minsk –Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-710 reysi 15:39 (Toshkent vaqti bilan) Minsk milliy aeroportidan jadvalga muvofiq aviaqatnovni amalga oshirishni boshlagan.
A320 havo kemasi Rossiya havo hududida boʻlgan vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, Rossiya va Belorussiya aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashgani haqida maʼlumot yuborilgan.
Havo kemasining yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va koʻzdan kechirish maqsadida eng yaqin Domodedovo xalqaro aeroportiga qoʻnishga qaror qilgan.
Ayni paytda layner, yoʻlovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirildi. Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring