Moʻynoqda aka-ukalar kanalda choʻkib vafot etdi. Aka 12, uka 11 yoshda boʻlgan

18:23 03 Iyun 2021 Jamiyat
900 0

Moʻynoqda 12 va 11 yoshli aka-ukalar kanalda choʻkib vafot etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi holat boʻyicha maʼlumot berdi. 2021-yil 2-iyun kuni soat 14:00 chamasida Moʻynoq tumani Ubbiniyazov koʻchasida yashovchi aka-uka J.R(2009-y.t.) va J.D.(2010-y.t.) shu tumandagi «Madeli» OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, ushbu qishloqdagi «Qipshaqdaryo» kanaliga choʻmilganida, ehtiyotsizlik oqibatida choʻkib ketgan.

Shu payt kanal yonidan oʻtib borayotgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, lekin, tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramasdan ikkalasi ham vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat boʻyicha Moʻynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?