Miroboddagi qurilish hududida yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri hududida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 1-mart kuni soat 17:23 da Toshkent shahri Mirobod tumani, Abu Banokatiy koʻchasida joylashgan, qurilish hududida konteynerda yongʻin sodir boʻlgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Aytilgan manzilga qutqaruv ekipajlari soat 17:30 da yetib borib, yongʻin soat 17:33 da qurshab olingan va soat 17:35 da toʻliq oʻchirilgan.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, yongʻin natijasida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Holat oqibatida konteyner ichida 15 kv.m maydonda oʻrin koʻrpa yonib zararlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring