Milliy qadriyatlar yoshlar maʼnaviyatining koʻzgusidir
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan talaba yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlar, tarixiy tafakkur hamda milliy ongni yuksaltirishga qaratilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi Andijon viloyatida yuqori saviyada tashkil etildi. Unda hududdagi toʻrtta oliy taʼlim muassasasi talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etib, oʻz bilim va iqtidorini namoyon etdi.
Tanlov jarayonlari mazmunan boy va gʻoyaviy jihatdan teranligi bilan ajralib turdi. Ishtirokchilar “Milliy anʼana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” kabi yoʻnalishlarda chiqish qilib, xalqimiz maʼnaviy merosining bugungi avlod tarbiyasidagi oʻrni va ahamiyatini badiiy ifoda etdilar. Ayniqsa, jadidlar merosiga bagʻishlangan chiqishlarda millat ravnaqi yoʻlidagi fidoyilik va maʼrifatparvarlik gʻoyalari taʼsirchan tarzda yoritildi. Koʻrik-tanlov yakunlariga koʻra, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Andijon davlat universitetining “Humo” jamoasi ikkinchi, Andijon davlat pedagogika institutining “Oʻzbegim qizlari” jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Tadbir soʻngida gʻolib va barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplomlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar yoshlar ongida milliy oʻzlikni anglash, qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani bilan ahamiyatlidir.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring