Milliy liboslar haftaligi boʻlib oʻtmoqda

15:44 27 Sentyabr 2023 Jamiyat
491 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 25-sentabrdan boshlab milliy liboslar haftaligi boʻlib oʻtmoqda.

Foto: “Xalq soʻzi”

Bunda muassasadagi barcha xotin-qizlar milliy libosda ish hamda oʻqish joyiga kelishi belgilangan. Erta tongdan barcha talaba va ustozlar milliy matolardan tikilgan liboslarda universitetga kelishdi. Oʻzgacha bayramona kayfiyat, yorqin ranglar va milliy musiqalar uygʻunligi oʻquv jarayonlariga ham oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi. 

Foto: “Xalq soʻzi”

Shuningdek, dizayner Sitora Islomovaning shaxsiy kolleksiyasidan oʻrin olgan liboslar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtgan. Talaba qizlar oʻz garderoblarini shunday zamonaviylik va milliylik uygʻunligidagi antiqa liboslar bilan boyitdilar.

Foto: “Xalq soʻzi”

— Bunday haftaliklarni oʻtkazishdan maqsad yoshlarimiz oʻrtasida milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat hamda eʼtibor ruhini qaytarishdir, — deydi mazkur haftalik tashkilotchisi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b Gulnoza Joʻrayeva. — Bilasizmi, Buyuk Britaniyaning bir qismi hisoblangan Shotlandiya butun dunyoga oʻzining milliy libosi bilan tanilgan. Aynan shu libosni koʻrish uchun yiliga qanchadan-qancha odam Shotlandiyaga boradi. Millatni tanitadigan narsalardan biri uning milliy libosidir. Xalqimiz maʼnaviy mulkiga aylanib ulgurgan atlas-u adraslarimiz barcha oʻzbek qizlarining milliy faxr-iftixori boʻlib xizmat qilishi kerak.

Foto: “Xalq soʻzi”

Ayni damda haftalik davom etmoqda. Bundan tashqari, haftalikdan milliy libosda milliy palov tayyorlash, milliy libosda alla aytish, milliy libosda milliy lapar va aytishuvlar tanlovlari oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?