“Mening kimligimni el bilsa boʻldi...”
Foto: Xalq so'zi
Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon 80 yoshda
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Kechada yozuvchi-shoirlar, shoirning shogird va oila aʼzolari, shuningdek, talaba yoshlar qatnashishdi.

Tadbir avvalida shoir hayoti va ijodidan soʻzlovchi film namoyish etildi.

Adabiy anjumanda soʻzga chiqqanlar shoirning ijod yoʻli, sheʼr va dostonlarining ahamiyati, uning sheʼri bilan kuylanib, xalqimizning koʻngil mulkiga aylanib ketgan qoʻshiqlari xususida soʻz yuritishdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid adabiyot rivojiga koʻrsatilayotgan eʼtibor ustoz ijodkorlar adabiy merosining barhayotligini taʼminlashda ham namoyon boʻlayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan shoirning “Tanlangan asarlar” kitobi nashr etilganini aytib oʻtdi.
— Omon Matjon yuksak badiiy sheʼr va dostonlari, dramatik asarlarida Vatanimizga, xalqimizga, ibratli qadriyatlarimizga mehr va sadoqatini yuksak mahorat bilan tarannum etgan shoirdir. — dedi professor Bahodir Karimov. — Uning sermazmun asarlari xalqchilligi, hayotiyligi bilan adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin egallagan. Shuningdek, shoirning “Umr oʻtar...», “Tabassum qil”, “Mening kimligimni el bilsa boʻldi”, “Avvalgilarga oʻxshamas” kabi sheʼrlari xalqimizning mashhur sanʼatkorlari tomonidan kuylanib, milliy qoʻshiqchiligimiz durdonasiga aylangan, desak mubolagʻa emas.

Tadbir davomida shoirning ijod yoʻli xususida soʻz yuritildi, Omon Matjon sheʼri bilan aytiluvchi qoʻshiqlar kuylandi.
Tadbir soʻnggida muxlislarga shoirning kitoblari tuhfa etildi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring