Mening akam – Vatan himoyachisi!
Foto: Xalq so‘zi
Sharqiy harbiy okrugning Fargʻona garnizoniga qarashli Quva tumanida joylashgan harbiy qismda “Mening akam – Vatan himoyachisi!” shiori ostida Buxoro shahridagi harbiy qism bilan telemuloqot tashkil etildi.

Unda Fargʻonadan Buxoroga va oʻz navbatida Buxorodan Fargʻonaga kelib, sharafli burchini bajarayotgan harbiy xizmatchilar hamda askarlar oʻz oila aʼzolari, ustozlari va doʻstlari bilan suhbatlashdi.
Tadbir doirasida qatnashchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiylarning kundalik faoliyati, qoʻshimcha mashgʻulotlar jarayonlari bilan ham onlayn tarzda tanishdilar.
— Vatan himoyachilari kuni oldidan bunday mazmundagi tadbirlar qamrovini yanada kengaytiryapmiz, — deydi Sharqiy harbiy okrugning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi katta ofitseri, mayor Farrux Sanayev. — Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligining kafolati boʻlgan Milliy armiyamiz qudrati bilan keng jamoatchilikni, xususan, yoshlarni yaqindan tanishtirish, shu orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshish ushbu tadbirlarimizning bosh maqsadi hisoblanadi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring