Marokash terma jamoasi Afrika chempioni deb eʼlon qilindi
Marokash milliy terma jamoasi futbol boʻyicha Afrika millatlar kubogining chempioni deb topildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Bundan ikki oy oldin musobaqa finalida Senegal terma jamoasi Marokashdan ustun kelgan edi. Ammo Afrika Futbol Konfederatsiyasi oʻsha bahsning 90-daqiqasida Senegal jamoasi aʼzolari norozilik bildirib maydonni tark etgani uchun ushbu jamoa chempionligini bekor qildi.
“Afrika futbol konfederatsiyasi apellyatsiya kengashi Afrika millatlar kubogi (AFCON) reglamentining 84-moddasiga muvofiq, Senegal termasi final uchrashuvini texnik magʻlubiyat bilan yutqazgan deya qaror qildi.
Shu munosabat bilan Afrika Millatlar kubogi final uchrashuvida Marokash terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan deb topildi”, — deyiladi AFK bergan rasmiy bayonotda.
Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa finalida Senegal terma jamoasi Pap Geye tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga gʻalaba qozongan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring