“Manchester Siti” 10 daqiqada kambek amalga oshirdi
Kecha, 8-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 25-turi yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul” klubi oʻz maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 74-daqiqada “Liverpul” futbolchisi Dominik Soboslai tomonidan ochildi.
84-daqiqada “Manchester Siti” jamoasi hisobni tenglashtirdi. Golga jamoaning portugaliyalik futbolchisi Bernardu Silva mualliflik qildi.
Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan uchinchi daqiqada “Liverpul” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpidan Erling Holand unumli foydalandi va hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 61-daqiqada kichik jarohati tufayli Ruben Diashga almashtirildi.
Shu tariqa oʻyin Pep Gvardiola jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “shaharliklar” APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrnini mustahkamlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring