Mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi

20:24 26 Sentyabr 2023 Siyosat
1060 0

“Mahalla yettiligi” ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, mahalla raisi “yettilik”ni ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy jazo choralarini tayinlash boʻyicha ularning yuqori idorasiga taqdimnoma kiritish vakolatiga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?