Koronavirus yana 3 ta davlatga “hujum qildi”
Foto: www.google.com
Belarusda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi mamlakatga Erondan kelgan talabada aniqlangan. U Belarusga Bokudan uchib kelgani aytilmoqda. “Bemor va u bilan muloqot qilgan shaxslar Minsk yuqumli kasalliklar shifoxonasida karantinga olingan”, — deyiladi xabarda. Idoraning taʼkidlashicha, bemorning ahvoli qoniqarli.
Shuningdek, Litvada ham koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati aniqlangan. Maʼlumotlarga koʻra, u Italiyaning Verona shahrida 24-fevral kuni mamlakatga qaytib kelgan. Ayni vaqtida bemor izolyatsiya qilingan, ahvoli ogʻir emas.
Yangi Zelandiya ham birinchi bor yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan bemor aniqlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardernning soʻzlariga tayanib, TVNZ telekanali xabar berdi.
Reuters maʼlumotiga koʻra, Afrikaning yana bir davlati — Nigeriyada ham koronavirusdan kasallanish boʻyicha birinchi holat qayd etilgan. Virus mamlakatga uch kun oldin kelgan Italiya fuqarosida aniqlangan.
28-fevral kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalgan davlatlar soni 52 taga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, virusdan zararlanganlarning jami soni 83 ming kishiga yetgan, halok boʻlganlar soni 2858 kishini tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring