Kongo JCh saralashining qitʼalararo pley-offida oʻynaydi
Kecha, 16-noyabr kuni Afrika mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Nigeriya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari Jahon chempionati saralashining qitʼalararo pley-offida Afrika nomidan qaysi jamoa ishtirok etishiga oydinlik kiritib oldi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Gollarga Nigeriya termasidan Frank Oniyeka, Kongo Demokratik Respublikasi termasidan esa Meshak Elialar mualliflik qildi.
Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, gʻolib nomiga penaltilar seriyasida aniqlik kiritildi. Dastlabki 5 ta zarbadan soʻng tenglik kuzatildi. Har ikki jamoa aʼzolari 2-martadan 11 metrlik zarbadan foydalana olishmadi.
Qoʻshimcha seriyada esa dastlabki zarbalar gʻolib nomiga oydinlik kiritdi. Kongo termasidan Mbemba aniq zarba yoʻllagan boʻlsa, nigeriyalik futbolchi Semi Ajaiyi zarbada adashdi.
Shu tariqa Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Jahon chempionati saralashining navbatdagi bosqichiga yoʻl oldi. Nigeriya terma jamoasi esa qator taqqosiga ikkinchi marta Jahon chempionatidan quruq qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring