“Ko‘ksimni kuydirgan alanga”

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoilning “Boshimdagi tojim onam” va uning ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan “Qatorda noring bo‘lsa”, “Ochiq osmon ostida” nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Ko‘ksimni kuydirgan alanga” deya nomlangan adabiy-badiiy kechaga shoir-yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkorning do‘stlari va yaqinlari, talaba yoshlar jam bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, shaxsiyati, so‘nggi yillardagi ijodiy faoliyati, yaqinda chop etilgan she’riy va nasriy to‘plamlari borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
— Muhammad Ismoyil she’rlari o‘zining jozibador, samimiy va ko‘ngilga yaqinligi bilan she’riyat ixlosmandlari tilidan tushmay keladi, — dedi adabiyotshunos Adhambek Alimbekov. — Shoir bugun ham qizg‘in ijodiy jarayonda, biz taqdimotida qatnashayotgan kitoblar ham fikrimizni tasdiqlab turibdi. Ijodkorning nasrdagi qadamlari ham dadil, ishonamanki, u hikoyasevarlar qalbidan ham joy egallab bo‘lgan allaqachon.
Darhaqiqat, o‘quvchilar qo‘liga yetib borayotgan “Boshimdagi tojim onam” kitobi ham nasrda yozilgan. Mazkur to‘plamda muallif o‘z onasi timsolida o‘zbek onalariga ta’rif beradi. Shuningdek, adibning xulosalari, tajribalari, saboqlari, kuzatishlari jamlangan “Yon daftarimdagi bitiklar” turkumi ham ushbu kitobdan o‘rin olgan. Unda muallif inson, jamiyat hayoti haqida o‘z fikrlarini bayon etadi.
Tadbir yakunida shoir she’rlaridan o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi, yig‘ilganlarga to‘plamlardan tuhfa etildi.
Rahmatjon BOBOJONOV
(“Xalq so‘zi”).
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring