Kogonda ehtiyojmand oilaga manzilli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilmoqda
Oʻrganishlar mahalla ijtimoiy xodimini Nasiba Oyliyeva ehtiyojmand ayol, degan xulosaga olib keldi. Natijada Kogon tumani Taraqqiyot mahallasida yashovchi nogironligi boʻlgan bu yurtdoshimizga individual xizmatlar rejasi ishlab chiqildi.
Dastlab uning uyida sanitariya sharoitlarini yaxshilashga koʻmak berildi, opa ruhan qoʻllab-quvvatlandi. Yaqin qarindoshlari bilan munosabatlarini tiklashga yordamlashildi. Farzandi maktabdagi bepul oʻquv kurslariga jalb etildi. Bola nafaqasi masalasi hal qilindi. Tabiiy gaz va elektr energiyasi boʻyicha meʼyordan oshgan xarajatlar uchun kompensatsiya rasmiylashtirildi.Uydagi issiqlik taʼminoti uchun bir martalik moddiy yordam ajratildi. Ayol chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, unga reabilitatsiya markaziga yoʻllanma berildi. Bandligini taʼminlash maqsadiga toʻquvchilik yoʻnalishida oʻqitildi.

— Ayni damda Nasiba opaning oilasi kambagʻallik reyestriga kiritilgan, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Zarnigor Nafiddinova. — Endilikda bu xonadon ijtimoiy himoya tizimining doimiy nazoratida. Davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan oila kambagʻallikdan xalos boʻladi, albatta.
Bugungi kunda viloyatda ijtimoiy himoya yoʻnalishida 32 ta muassasa hamda obyekt aholiga zarur xizmat va yordamlar koʻrsatib kelmoqda. Dastlab ehtiyojmand fuqarolarga 49 turdagi ijtimoiy xizmatlar taqdim etilgan boʻlsa, ayni paytga kelib bu koʻrsatkich 109 taga yetdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring