Xorvatiya 100 ming nafar Ukraina askarini tayyorlamoqchi

01:36 22 Oktyabr 2022 Dunyo
1136 0

Foto: Reuters

Xorvatiya hukumati 100 000 nafar Ukraina Qurolli kuchlari askarini tayyorlashga qaror qilgan va mamlakat prezidenti Zoran Milanovich bunga nima uchun qarshi ekanini tushuntirib berishi kerak.

Bu haqda Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich Bryusselda Yevropa Ittifoqi sammiti chogʻida aytib oʻtdi.

“Qaror allaqachon qabul qilingan. Missiya byudjeti taxminan yuz million yevroni tashkil qiladi. Bu yerda gap oʻqtish va mashgʻulotlar haqida ketyapti. Yuz ming askar kelib, keyin ketadi, degani emas. Xorvatiya taklif qiladigan maxsus bilimlarga ega. Bu umumiy missiyaga qoʻshilgan maqsadli hissadir”, degan Plenkovich.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Zoran Milanovich Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarining Xorvatiyada oʻqitilishiga qarshi chiqqan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?