Xorazmdagi maktablarga rakamli oʻquv jihozlari topshirildi

16:03 24 Sentyabr 2023 Jamiyat
849 0

Foto: Xalq so'zi

Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablariga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan kompyuter jamlanmalari va boshqa texnik vositalar yetkazib berildi.

Vohadagi maktablarga “5-9-sinflarda xorijiy til va informatika fanlarini oʻqitish sifatini oshirish” loyihasi doirasida ajratilgan grant boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan 880 dona kompyuter va ha biri 55 donadan interaktiv doska, proyektor, kondensioner, printer yoshlarning bilim va zehnini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

— Bugungi kunda umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga kamida ikkita xorijiy tilni va zamonaviy IT texnologiyalarni puxta oʻrgatish vazifasi qoʻyilgan, — deydi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Hamro Bektemirov.— Loyiha doirasida keltirilgan texnik vositalar oʻquvchilar uchun qulaylik va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.

                                                              Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?