Xorazmda meva eksporti hajmi ortmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Xorazm viloyatida keyingi besh yilda bogʻdorchilik mahsulotlari eksporti hajmi 3,7 ming tonnadan 33 ming tonnaga oshdi. Bu sohada amalga oshirilayotgan yangi loyihalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, bogʻdorchilikda intensiv texnologiya va zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanilganining amaliy natijasidir.
2017-yilda viloyatda 12311 gektar bogʻ mavjud boʻlgan boʻlsa, paxta maydonlarini qisqartirish evaziga 2022-yilga kelib bogʻ maydoni 15404 gektarga yetdi. Birgina Urganch tumanida keyingi 3 yilda Turkiya texnologiyasi asosida 700 gektar yangi bogʻlar tashkil qilindi.
— Oʻtgan yili tumanimizda 7 mln. 600 ming dollarlik meva eksport qilindi, — deydi Respublika qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Urganch tumani loyiha ofisi rahbari Jasur Masharipov. — Ayni kunda fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan sarxil mevalar asosan qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda. Hududda agrologistika tarmogʻining izchil rivojlanishi bu jarayonda bogʻbonlarga juda qoʻl kelmoqda. Bu yil meva eksporti hajmini 10 mln. dollarga yetkazishni moʻljallayapmiz.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring