Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov oʻrtasida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:
- Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʻjaligi obyektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;
- Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;
- Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida bayonnoma;
- Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- 2024-2030-yillarda oʻzaro savdo hajmini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
- 2024-2026-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
- 2024-2026-yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
- 2024-2026-yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti oʻrtasidagi memorandum va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring